Respublika yosh olimlar kengashi
"Respublika yosh olimlar kengashi" nodavlat notijorat tashkiloti Respublikamizda ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borayotgan yosh olimlarning, intellektual va iqtidorli yoshlarning innovatsion, ilmiy-nazariy, amaliy izlanishlari, ilmiy tadqiqot faoliyatlariga har tomonlama ko‘maklashish, shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishidagi muhim muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topish hamda yosh olimlarning ijodiy yutuqlarini targ'iib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Ilmiy konferensiyalar
Respublika
Xorijiy
Ilmiy nashlar
Nashriyot takliflari
Mualliflar talablari
Ilmiy jurnallar katalogi
Respublika
Xorijiy
Tadqiqotchilarga ko'mak
Grant, tanlovlar
Stajirovka, stipendiya
Kengashning maqsad va vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi negizida zamon talablariga javob beradigan, muayyan bilim sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borayotgan yosh olimlar va iqtidorli yoshlarning ilmiy tadqiqot, ixtirochilik va intellektual salohiyatlarini rivojlantirish, amaliyotga keng joriy etish orqali ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashdan
O‘zbekistonda barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozisiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuchi va tayanchi bo‘lishga qodir intellektual, iqtidorli yoshlarni tarbiyalash, ularning ilm-fan sohalaridagi ilmiy-amaliy tadqiqot faoliyatlarini yanada yuksaltirish
Keng jamoatchilik, xususan, respublika yoshlari orasida vatanparvarlik, milliy g‘urur, ma’naviy yetuklik, tashabbuskorlik, ixtirochilik kabi fazilatlarni qaror toptirish
Respublikada yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga zamin yaratish, yosh olimlarni kasbiy, ilmiy-ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini izchil rivojlantirish asosida ilmiy tadqiqotlar bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlarni birlashtirish
Yosh olimlar va iqtidorli yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari, respublikamiz va xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, oliy ta’lim muassasalarining yosh olimlari hamda yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy, amaliy izlanishlar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratish
Respublikamizda yosh olimlar va iqtidorli yoshlar tomonidan bajarilib, zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy izlanishlar natijalarini targ‘ib qilish, shuningdek, soha vazirliklari, Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxonalari, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda yosh olimlarning ilmiy-amaliyanjumanlari, seminarlar, innovasion yarmarkalarini o‘tkazish
Respublikamizda ta’limning Davlat ta’lim standartida belgilangan bilim sohalarini ijtimoiy-gumanitar, ta’minot, xizmatlar ko‘rsatish, texnika, aniq hamda tabiiy fanlar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlar va iqtidorli yoshlarni respublikamizdagi hamda chet ellardagi ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash asosida mamlakatimizning iqtisodiyot va ishlab chiqarish tarmoqlariga yosh olimlar, intellektual yoshlarning amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish hamda ularning faol ishtirokini ta’minlash
Yosh olimlar va iqtidorli yoshlar tomonidan ilmiy ishlanmalar, monografiya, maqolalar varisolalarni nashr etishlariga ko‘maklashish, shuningdek ilmiy izlanishlar natijalaribo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, tanlov g‘oliblarini rag‘batlantirish
Respublika yosh olimlari va iqtidorli yoshlarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini kengommaga yetkazish maqsadida Kengash tomonidan ilmiy-uslubiy jurnal chop etishni yo‘lgaqo‘yish
Yosh olimlar va iqtidorli yoshlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi davlatgrantlari, xorij mamlakatlari grantlari va xo‘jalik shartnomalarini ajratuvchi tashkilotlarto‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish va ularni tarqatish
Respublikamiz yosh olimlari va iqtidorli yoshlarini intellektual, ijodiy salohiyatiniyuksaltirish hamda ilmiy tadqiqot izlanishlari,bilim sohalari bo‘yicha loyihalar tayyorlab,xalqaro va respublika tanlovlarida qatnashishlarini ta’minlash
Kengash a’zolarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka va malaka oshirishga yuborish,anjumanlar, forumlar, ijodiy ko‘rgazma, yarmarka, ilmiy seminar va boshqa madaniy-ma’rifiytadbirlarda ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash
"Yosh olimlar" xalqaro ilmiy jurnaligailmiy-jurnalistik maqolalar qabul qilinadi
"YOSH OLIMLAR" xalqaro ilmiy jurnali uchun ilm-fanga oid qiziqarli vadolzarb yangiliklarni qamrab olgan maqolalaringiz maxsus turkumlarimizga bepul qabul qilinadi.Biz shuningdek, yangi jurnalimizning har sonida yangidan yangi ilmiy salohiyatga ega yoshlarnikashf etishni hohlaymiz. Siz shunday ixtirochi va innovator yoshlardanmisiz? Unda o'zingiz vaixtirolaringiz haqida bizga qiziqarli maqola tayyorlab jo'nating.
Kengash a'zolari
Direktor
Saidova Sayyora
Dizayner
Saidov Ulug’bek
Matbuot kotibi
Mamanov Muhammadamin
Hisobchi
Muminova Xosiyat
Maqola to'plovchi
Toxirova Fotima
Maqola to'plovchi
Jaloliddinova Mohira
×
Murojaat yo'llash
Sizda savol yoki taklif bo'lsa bizga murojaat qiling. Biz siz bilan albatta bog'lanamiz.